Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Open Budget

Updated:

Open budget

Ota-ona va farzandlar

Tasavvur qiling, bir oilada bir nechta farzand bor. Ota-ona barcha farzandlariga bir xil mehr ko’rsatishi, ularning har biriga birdek sharoit yaratib berishi shart emasmi? Davlat — bizning umumiy uyimiz, biz esa uning teng huquqli fuqarolarimiz.

Soliq to’lashda “kim ko’proq ovoz to’playdi?” degan shart yo’q, hamma o’z majburiyatini birdek bajaradi (QQS, daromad solig’i va h.k.). Shunday ekan, asosiy ehtiyojlar uchun ajratiladigan mablag’lar “lotereya” predmeti bo’lmasligi kerak.

”Bozor” va sun’iy poyga

limit Bugungi kunda jarayon afsuski adolatli raqobatdan uzoqlashib, o’ziga xos “ovoz bozori”ga aylandi. Buni inkor etib bo’lmaydigan bir qancha omillar isbotlab turibdi:

Bu qanchalik adolatli?

Endi o’zingiz o’ylang, moddiy manfaat yoki majburlov evaziga yig’ilgan ovozlar ortida haqiqiy ijtimoiy ehtiyoj turadimi?

Chekka qishloqdagi, internetdan foydalanish tugul internet mavjud bo’lmagan hududlar, “ovoz sotib olishga” puli yo’q, lekin yo’li abgor bo’lgan mahalla aholisining aybi nima? Ular ham xuddi markazdagi faollar kabi soliq to’lovchi emasmi?

Tizim kim uchun?

Shu o’rinda bir savol tug’iladi: Aslida aholi davlat yaratgan tizimlarga moslashishi kerakmi yoki tizim aholining real holatiga moslashishi kerakmi?

Agar tizim odamlarni ovoragarchilikka, majburlashga yoki o’z ehtiyoji uchun “ovoz sotib olishga” majbur qilayotgan bo’lsa, demak u tizim xalqqa xizmat qilmayapti. Mukammal tizim — bu fuqaro qiynalmasdan, hech qanday poygalarsiz o’z haq-huquqidan foydalana oladigan muhitdir.

”Ovoz berish shartmi?”

Aslida, keling, masalaga ochiq qaraylik: Davlat o’z fuqarolariga ichimlik suvi yetkazib berishi, abgor yo’llarni ta’mirlashi yoki elektr ta’minotini yo’lga qo’yishi uchun bizdan ovoz so’rashi shartmi? Yo’q, shart emas va bo’lmasligi kerak. Chunki:

“Open budget” — bu qo’shimcha qulayliklar (masalan, bog’ yaratish, kutubxona qurish, sport maydonchasi) uchun yaxshi instrument bo’lishi mumkin. Lekin suv, gaz va yo’l kabi fundamental ehtiyojlar hech qanday ovozlarsiz, shunchaki fuqaro bo’lganimiz uchun ta’minlanishi shart.

“Open budget” odamlarni birlashtirishi kerak bo’lgan vositadan — odamlarni charchatadigan va majburlaydigan tizimga aylanib qolmadimi?

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni @javlonergashev_blog telegram kanalida kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Takrorlanmas kombinatsiyalar
Keyingi post
Anglash