Oyoq muskullari inson tanasidagi eng katta muskullardan biri. Oyoq muskullari yaxshi rivojlangani undagi qon tomir tizimlari yaxshiligi anglatadi va bu o’z navbatida yurakka bo’lgan bosimni kamaytiradi. Qon butun tana bo’ylab aylanadi.
Avtomobillar
Avvallari qishloq ko’chalarda avtomobillar kam bo’lgan, kechasi deyarli yurmagan. Hozirgi kunda ertalab avtomobil ko’pligidan ko’chaning nargi tarafiga o’tish uchun ham ko’p vaqt ketadi.
Yaratgan bizga tekin avtomobillar (oyoqlarimiz) ni taqdim etgan bo’lsa ham ularni qadrlamaymiz.
E’tibor berganmisiz mashinamiz bo’lsa:
- har kuni ishga ketishdan oldin uni qizdiramiz, o’z tanamizni esa qisqa masofaga yugurish bilan bo’lsa ham qizdirmaymiz.
- matorni yoki uni moyini almashtiramiz, lekin tomirlarimizda qon quyuqlashib tromblar infarkka sababchi bo’lgandan keyin nimadir qilamiz.
- fasllarga moslab balon qo’yamiz, o’z oyig’imizdagiga tejamkorlik qilamiz.
- har hil falokatlar uchun sug’urta qilamiz, lekin o’z tanamizni esa yo’q.
- har qanchadir intervalda texnik ko’riklardan o’tkazamiz lekin tanamizni eshitmaymiz toki kasal bo’lmaguncha.
- benzin, gaz quyish uchun soatlab navbatlar turamiz yoki erinmasdan yaltillaguncha moyka qilamiz lekin har kuni 1-2 soat badan tarbiya uchun erinamiz.
- buzilsa ustaga olib borib falon pulga tuzatamiz, lekin kasal bo’lsak o’zimizni antibiotiklar bilan davolaymiz.
- jarimaga tushsak qulog’imizni qimirlatmasdan 50% ustamada to’laymiz, lekin uydagi mayda chuydalarga pul ko’zga ko’rinadi
- hokazolar
| Avtomobilga e’tibor | Tanamizga e’tibor |
|---|---|
| har kuni ishga ketishdan oldin uni qizdiramiz | o’z tanamizni esa qisqa masofaga yugurish bilan bo’lsa ham qizdirmaymiz |
| matorni yoki uni moyini almashtiramiz | lekin tomirlarimizda qon quyuqlashib tromblar infarkka sababchi bo’lgandan keyin nimadir qilamiz |
| fasllarga moslab balon qo’yamiz | o’z oyig’imizdagiga tejamkorlik qilamiz |
| har hil falokatlar uchun sug’urta qilamiz | lekin o’z tanamizni esa yo’q |
| har qanchadir intervalda texnik ko’riklardan o’tkazamiz | lekin tanamizni eshitmaymiz toki kasal bo’lmaguncha |
| benzin, gaz quyish uchun soatlab navbatlar turamiz yoki erinmasdan yaltillaguncha moyka qilamiz | lekin har kuni 1-2 soat badan tarbiya uchun erinamiz |
| buzilsa ustaga olib borib falon pulga tuzatamiz | lekin kasal bo’lsak o’zimizni antibiotiklar bilan davolaymiz |
| jarimaga tushsak qulog’imizni qimirlatmasdan 50% ustamada to’laymiz | lekin uydagi mayda chuydalarga pul ko’zga ko’rinadi |
| hokazolar |
Bir uyum jilov berilgan temir bo’lagi hozirgi kunda ko’pchilik uchun hayot missiyasiga aylangan. So’rasang bitta uyga bitta kerakda, har - xil vaziyatlar bo’ladi deydishadi.
Tog’ri, bo’lsa hamma haydaydi, lekin kredit olib bo’lsa ham odamlarga ko’rsatib qo’yish uchun halovat, sog’lik, vaqtdan kechib mukkasidan ketish kerak emas demoqchiman.
Yugurish - bu narkotik
Deyarli 10 - 12 yildan buyon har yili yuguraman. Lekin muttasil emas qaysidir mavsumda.
Yugurishim asosiy sabablari quyidagilar deyish biroz xato:
- ozish
- qarshi jins vakillariga yoqish
- chidamlilik
Asl sabab qiyinchiliklarni mardonovr bosib o’tish hissi, tana cheksiz qiyinchiliklardan so’ng rohatlanishi. O’zingiz bilan o’zingiz kurashish hissi. Sizni ezayotgan muammolar aslida muammochalar ekanini anglash.
Yuring, yuguring, harakat qiling