Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Biologik va insoniy burch

O’lik — tirikdek

Yaqinda ish yuzasidan bir tashkilotga bordim. U yerda Ikkinchi jahon urushida vafot etgan yurtdoshimizning yaqinlarini qidirishayotganiga guvoh bo’ldim.

O’ylantirgan raqamlar: U kishi 1906-yilda tug’ilgan va 1943-yilda, bor-yo’g’i 37 yoshida urushda halok bo’lgan.

Menga eng qattiq ta’sir qilgan jihat — oradan atigi 4 ta avlod o’tgach, bizni hech kim tanimasligi va xotirlamasligi mumkinligi bo’ldi.


Tirik — o’likdek

Yaqinda bir do’stim bilan mashinada ketayotib suhbatlashib qoldik:

Natijaga erishmasdan turib nimadirni qo’yillatgandek maqtanishlikni tushunmayman.

Uni to’g’ri tarbiya qilishga salohiyatim yetadimi? Odamlarga foydasi tegadigan, ortimdan la’nat emas, rahmat keltiradigan inson qila olamanmi deb emas, farzandlari soni bilan maqtanish qanchalik to’g’ri?

Nasl qoldirish — tabiat qonuni, inson tarbiyalash — boshqa ish. Birinchisi biologik vazifa, u barcha jonzotlarda bor, bu ishni mol ham, qo’y ham qila oladi. Go’dakni tarbiyalab inson qilish esa bu boshqa yo’l.

Ko’pincha biz o’zimizni emas boshqalarning gapini eshitamiz:

O’riklarning ko’plab navlari bor. Qaysidir o’rik navlari ertaroq yetiladi boshqasi esa biroz kechroq, quyosh nuriga to’yinib pishadi.

Ayrimlari esa g’oraligidanoq tuzga belanadi.

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni @javlonergashev_blog telegram kanalida kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Rizq
Keyingi post
Odamlar nima deydi