Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Odamlar nima deydi

Texnologiya

Zamon rivojlanmoqda robotlarni, dronlarni, avtomobillarni, uylarni va boshqa ko’plab qurilmalarni masofadan har xil protokollar yordamida boshqarish mumkin. Har bir qurilma qandaydir vazifa bajarish uchun oldindan “miyasiga” yozilgan komandalarga tayanadi.

Insoniyat

Ko’p o’ylayman: inson ixtiro qiladigan narsalarni ko’pchiligi o’zidagi funksionallikdan ilhomlanib yaratarmikan, deb. Insonda ong bor, u fikrlay oladi. Lekin ko’pchilikka shu ong keraksizdek. Ko’pchiligimizni o’zimizning ongimiz emas, boshqalarning ongi boshqaradi. Yana ham aniqrog’i, bizni odamlarning gapi boshqaradi. Biz o’zimizni, yaqinlarimizni “odamlar nima deydi” bilan tugatib boramiz.

Xuddi dasturlangan robotdek: bir tugmani bossa o’chadi, yana birida yonadi, yana birida boshqa vazifa bajaradi.

Odamlar doim nimadir deyishgan va deyishadi. Xato qilishdan qo’rqmaslik kerak. O’xshasa — muvaffaqiyat, o’xshamasa — tajriba. Texnikada bug chiqsa kodni o’zgartirish mumkin. Lekin inson o’zining “kodini” refaktoring qila oladimi?

Oxirgi marta qachon boshqalarning gapi uchun o’z xohishingizdan voz kechdingiz?

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni @javlonergashev_blog telegram kanalida kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Biologik va insoniy burch
Keyingi post
Niqobdagilar